Mourino tarixiy voqea ostonasida
A Seriyaning uchinchi turida Joze Mourino boshqarayotgan “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv portugaliyalik mutaxassis uchun tarixiy ahamiyatga ega. Bu Mourino uchun bosh murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ladi.
Ayni paytda Eldor Shomurodovning ustozi hisobida 639 ta g‘alaba, 198 ta durang va 162 ta mag‘lubiyat bor. Mourino qo‘l ostidagi jamoalar jami 1998 ta gol urib, o‘z darvozasidan 892 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Shuningdek, Mourino Italiya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida 50 ga g‘alabaga eng tez erishgan murabbiy hisoblanadi.

Fikrlar