Mourinyo yana haydaldi

  • 14.03.2026 18:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourin'yu Portugaliya chempionati peshqadami “Portu”ga qarshi oʻyinda raqibga qaratilgan baqiriqlari uchun ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi (2:2).

Jazo tayinlashda mashhur murabbiyning qizil kartochkasi va “Portu” murabbiylar shtabi a'zosi Lucho Gonsales bilan mojarosi inobatga olindi.

Portugaliya futbol federatsiyasining intizom qoʻmitasi 63 yoshli Mourin'yoga jamoaning keyingi ikki oʻyinida ishtirok etishni taqiqlaydigan ikki qaror chiqardi.

Mourin'yo  oʻyin oxirida olgan qizil kartochka uchun bir oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. Murabbiy texnik zonasini tark etdi va urilgan golni nishonlash paytida to'pni “Portu” zahira oʻrindigʻi tomon tepdi.

Mourin'yu to'pni tribunalar tomon tepmoqchi boʻlganini aytdi.

Shuningdek, u Lucho Gonsales bilan ogʻzaki tortishuv uchun 11 kunlik diskvalifikatsiya ham oldi.

“Benfika” chiqarilgan qarorlar ustidan apellyatsiya berish niyatida ekanini ma'lum qildi. Klubda Mourin'yoga berilgan jazo adolatsiz va asos-siz deb hisoblanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!