Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourinyo: «Hammasi o‘sha-o‘sha, hech narsa o‘zgarmagan»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» Madrid derbida «Atletiko»ga 1:2 yutqazib, turnir jadvalidа to‘rtinchi o‘ringa tushdi.

Ispaniya chempionatining 7-turidagi markaziy bahsda Madriddning «Real» klubi shahar derbisida «Atletiko»ga mehmon bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv yakunlangandan so‘ng «qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘z noroziligini yashirmadi.

«Men o‘tgan mavsumga nisbatan boshqacha La Ligani ko‘raman, deb o‘ylagandim. Menga “yo‘q, hech narsa o‘zgarmaydi”, deyishgandi, lekin baribir ishongim kelgan. Ammo hammasi o‘sha-o‘sha ekan. Hech narsa o‘zgarmagan», — deya Mourinyoning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy derbi davomida hakamlar qarorlaridan qattiq norozi bo‘lgan edi. Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» Madrid La Liga turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q