Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourinyo Manchesterdagi shogirdini chaqiryapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Real"ga yordam kerak

«Real Madrid» klubi hozirda «Napoli» sharafini himoya qilayotgan 29 yoshli shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominey bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida Tuttomercatoweb nashri xabar berdi.

Avvalroq Maktominey «Napoli» bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani ma'lum qilingan edi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. 

Futbol insayderi Sasha Tavolieri ma'lumotiga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchi Neapol jamoasini tark etishi mumkin, biroq unga da'vogarlar orasida asosiy favorit sifatida «Manchester Yunayted» tilga olingan.

Maktominey 2017–2024 yillar davomida aynan «MYu» tarkibida to‘p surgan. U ingliz klubi bilan birga Angliya kubogi va Angliya Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. «Napoli» safida esa Italiya chempioni va Superkubok sohibiga aylanishga ulgurgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q