Mourinyo Trentni qutqaradi

  • 29.07.2026 08:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasining sobiq sardori Vilyam Gallas «Real» tarkibida o‘ynayotgan himoyachi Trent Aleksander-Arnold bosh murabbiy Joze Mourinyo qo‘l ostida qanday ochilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

- Hammamiz bilamiz, Trent o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatganda, bu avvalo golli uzatmalar va tezkor qarshi hujumlarga faol qo‘shilishi bilan bog‘liq. Lekin u baribir himoyachi, demak, himoya vazifalarini ham to‘liq bajarishi shart.

Menimcha, Joze Mourinyo Trentga o‘zini namoyon etish uchun yetarlicha imkoniyat beradi. Unga ishonmay, o‘yindan chetda qoldirib qo‘yishi qiyin. Mourinyo Trent bilan suhbatlashadi va unga himoyaning qay darajada muhim ekanini tushuntiradi. Ular o‘rtasida jamoaga nima kerakligi haqida juda ochiq va samimiy muloqot bo‘ladi.

Himoyachilar avvalo o‘z jarima maydonini ishonchli yopib berishlari kerak. Agar jamoaning himoyasi mustahkam bo‘lsa, umumiy mahorat darajasini inobatga olgan holda, g‘alaba qozonish imkoniyatlari ham ortadi. Murabbiy unga shunga ishora qiladiki, agar Trent asosiy tarkibdan joy olmoqchi bo‘lsa, birinchi navbatda himoyaga e’tibor qaratishi zarur. 

Mourinyo unga o‘zini ko‘rsatish sharoiti yaratadi, ammo qolgani faqat o‘ziga bog‘liq bo‘ladi: u himoyada ishlashga jiddiy yondoshadimi yoki yaqin vaqt ichida jamoani tark etishga majbur bo‘ladimi?, — deya Gallasning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!