Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muhammad Salohdan zo‘ri keladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kim keladi?

Muhammad Saloh joriy mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.

Misrlik o‘yinchiga Saudiya Arabistoni va PSJdan mo‘may daromadli va uzoq muddatli shartnomalar taklif qilinyapti.

Garchi “qizillar” o‘z to‘purarini olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, har ehtimolga qarshi uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi ham qidirilyapti.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Liverpul” mutasaddilari Bundesligada “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilayotgan Karim Adeyemini nishonga olgan.

Mersisaydliklar 22 yoshli hujumkor futbolchi uchun Bundesliga vakiliga 50 million evro to‘lashga tayyor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q