Muhammadsalim Sotvoldievning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi
Ahmadbek Eshmatov
U O‘zbekiston chempionlik kamari sohibi sanaladi.
66 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionlik kamari sohibi, professional bokschimiz Muhammadsalim Sotvoldiev (11-7-2-2, 3 KO)ning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. U so‘ngi jangini 14 mart kuni Rossiyaning Anapa shahrida "Gladiator 6" turniri doirasida mezbon Radik Grigoryanga qarshi o‘tkazib, durang natija qayd etgan edi.
Uning bu galgi raqibi armanistonlik Arkadiy Arutunyan (13-4-9, 1 KO) bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuv sanasi hozircha ma’lum emas. Bokschimiz jang Rossiyada tashkil qilinishi, jahondagi karantin holati o‘z yakuniga etib, barchasi o‘z iziga tushishi bilanoq mazkur bahs bo‘lib o‘tishini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar (0)