Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Murodjon Ahmadalievdan navbatdagi g‘alaba!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Jang muddatidan avval yakunlandi.

Bir necha soat avvval, yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliev kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazdi. 55,3 kg vazn toifasidagi 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Jang 4-raundda to‘xtatildi. Texnik nokaut bilan hamyurtimiz g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.  

Mazkur jang Murodjonning profi ringdagi 7- jangi bo‘ldi. Ma’lumki, ushba janglarni barchasida Ahmadaliev g‘alaba qozongan. Soto esa yurtdoshimizdan anchagina tajribali bo‘lib, bugun u professional ringdagi 29-jangini o‘tkazdi. Faoliyatida bugungini qo‘shib hisoblaganda etti bora mag‘lubiyatga uchragan. 22 ta jangda g‘alabaga erisha olgan edi.

Eslatib o‘tamiz: Murodjon Ahmadaliev ikki yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Romanga qarshi jang olib borishi lozim edi. Ammo, Romanning jarohati sabab, bu jang bekor bo‘lgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q