
Nacho Messi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
"Real"ni ushbu yozda tark etishi kutilayotgan Nacho Ernandesning keyingi manzili hozircha noaniq bo‘lib turibdi. Ammo unga allaqachon klublar qiziqizshni boshlagan.
"Relevo" nashri xabar berishicha, ispaniyalik himoyachini "Inter Mayami" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Uning o‘zi esa faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Sababi, futbolchiga Saudiya Arabistonida o‘ynash ham ma’ul keladi.
Nacho katta ehtimol bilan Evropada qolmaydi. Ammo futbolchining o‘zi hali "Real"dan ketayotganini rasman e’lon qilmadi. Uning fikri o‘zgarib qolishi ham hech gap emas, chunki Ernandes o‘tgan yili ham jamoani tark etishi kutilayotgandi.
Fikrlar