
Nadiya Dusanova Chexiyadagi turnirda g‘olib bo‘ldi
Balandlikka sakrash bo‘yicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan engil atletikachimiz Nadiya Dusanova navatdagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Milliq Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Dusanova musobaqada 192 sm balandlikdan oshib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan va bu natija unga chempionlik uchun kifoya qildi. Musobaqada kumush medal 190 sm natija qayd etgan chernogoriyalik Mariya Mukovichga nasib etgan bo‘lsa, 186 sm bilan mezbon atlet Lada Peychalova kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Balandlikka sakrash, ayollar (Chexiya)
1. Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) – 1,92 metr
2. Mariya Mukovich (Chernogoriya) – 1,86
3. Lada Peychalova (Chexiya) – 1,80
Endi yurtdoshimiz Frantsiyadagi turnirda o‘z omadini sinab ko‘radi. Yurtdoshimizga ushbu musobaqada ham yuqori natija qayd etishini tilab qolamiz.
Fikrlar