Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Napoli» Maktominayga narx belgiladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Napoli» maosh bo‘yicha kelisha olmagach, Skott Maktominayni 25–30 million yevro evaziga sotishga tayyor, unga bir necha klublar da’vogar.

«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktoninay yaqin haftaning o‘zida jamoani tark etishi mumkin.

Italiya nashri calciomercato xabariga ko‘ra, klub futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Sabab – shotlandiyalik futbolchining maosh bo‘yicha yuqori talab qo‘ygani. Maktoninay yiliga sakkiz million yevro atrofida ish haqi so‘ragani aytilmoqda. Shu vaziyatdan foydalanishga «Manchester Yunayted» tayyor turibdi.

Manbalarga ko‘ra, «Napoli» Maktoninay bo‘yicha 25–30 million yevro oralig‘idagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» yarim himoyachi uchun yagona da’vog‘ar emas. Futbolchiga «Real», «Milan» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 29 yoshli Maktoninay barcha musobaqalar doirasida 11 ta o‘yin o‘tkazib, raqib darvozasini 5 marta ishg‘ol etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q