
"Nasaf"dagi o‘zgarishlar haqida
"Nasaf" yangi mavsum oldidan yangi futbolchilar va etakchilar bilan shartnomalarni uzaytirgani haqida xabar bergan edik.
Yangi mavsum oldidan "ajdarlar"ni Aziz Xolmurodov, Azizbek Amonov, Suhrob Nurulloev, Bahrom Abdurahimov, Jo‘rabek Mannonov, Asliddin Tursunpo‘latovlar tark etdi.
Shuningdek, Nodirbek Mukarov va Mahmud Jo‘raboevlar “Sho‘rtan” jamoasiga ijaraga berildi.
“Nasaf” U21 tarkibida bo‘lgan Jamol Qilichev va Bobur Karimovlar ham klub bilan xayrlashishdi.
Birinchi Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan jamoaning tarkibida ham o‘zgarish bo‘ldi. Shahzod Xushvaqtov, Mirjalol Qosimov va Jahongir Shermatovlar ham yangi mavsumda "ajdarlar" bilan birga bo‘lmaydi.
Fikrlar