Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Nasaf"ning OCHL chorak finalidagi raqibi ma'lum

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Musobaqa g‘olibiga 1 million dollar mukofot puli beriladi.

"Nasaf" OCHL chorak finalida Avstraliya jamoasi bilan to‘qnash keladi.

OFK Ayollar Chempionlar Ligasi chorak final bahslari uchun qur’a tashlash marosimi tashkil qildi.
Unga ko‘ra, "Nasaf" Avstraliyaning "Melburn Siti" jamoasi bilan uchrashadigan bo‘ldi. 

Chorak final bahsi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va 28-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Agar qizlarimiz chorak finalda g‘alaba qozonishsa, 20-23 may kunlari o‘tadigan 4 jamoa ishtirokidagi final bosqichiga yo‘l oladi va o‘yinlarni Qarshida qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Musobaqa g‘olibiga 1 million dollar mukofot puli beriladi. 

Shuningdek, turnir g‘olibi FIFAning yangi tashkil qilingan ayollar o‘rtasidagi Klublar Jahon chempionatiga ham yo‘l oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q