"Navbahor" qisqa muddatli ta'tilga chiqdi

  • 28.12.2025 20:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Navbahor" a'zolari Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida shu hafta avvalida Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashgandi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tayyorgarlikning ilk bosqichi kecha yakunlandi va yangi yil munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli ta'til berildi.

Keyingi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini “lochinlar” 2026 yil, 4 yanvardan boshlashni rejalashtirishgan. 

Jamoa a'zolari 3 yanvar sanasida Toshkentda yig‘ilib, 4 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib, mashg‘ulotlarni boshlashadi. Poytaxtdagi navbatdagi yig‘in 14 yanvargacha davom etadi. Keyingi mashg‘ulotlarni esa Turkiyada davom ettirish rejalashtirilgan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!