“Neftchi” muxlislari uchun xushxabar

  • 30.01.2026 16:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi yana bir legioneri bilan shartnomani uzaytirdi. Serbiyalik himoyachi Boyan Siger klub safida 2027 yilning 31 dekabrigacha qadar toʻp tepadigan boʻldi.  

31 yoshli futbolchi  2024 yil boshida fargʻonaliklar safiga kelib qoʻshilgandi. Tajribali fulbek Superliganing oʻtgan mavsumida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Xususan, Siger maydonga tushgan bahslarning 14 tasida “Neftchi” klubi darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!