Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Neftchi"ning rejasi o'zgardi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jamoa 18 fevral kuni Toshkentga keladi

"Neftchi" jamoasi tayyorgarligining 3-bosqichini ham Turkiyada o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqida "yo‘lbarslar" matbuoti xabar berdi.

"Jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejalariга ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Avvalgi reja bo‘yicha “Neftchi” 11 fevral kuni Antaliyadagi yig‘inni yakunlab, Farg‘onaga qaytishi ko‘zda tutilgan edi.

Biroq klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi o‘zaro maslahatlashgan holda jamoa tayyorgarligini yanada mukammallashtirish maqsadida yig‘inning uchinchi bosqichini ham Antaliyada davom ettirishga qaror qildi.

Yangilangan reja asosida jamoamiz 18 fevral kuni Toshkentga qaytadi. Shu kunning o‘zida futbolchilar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi hamda yangi mavsum oldidan yakuniy tayyorgarlik jarayonlariga start beriladi", - deyiladi klub xabarida. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q