
Neymar “Real”ning “siri”ni ochib tashladi
Braziliya terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan futbolchi Neymar 2013 yili “Santos”dan Evropaga ko‘chib o‘tgan edi.
O‘shanda yosh yulduz Ispaniya chempionati grandlaridan taklif olgan va “Real”ni emas, madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona”ni tanlagan.
Hozir “Santos”ga ko‘chib borgan 33 yoshli mashhur yulduz o‘sha tanlovi tafsilotlarini ochdi.
- “Real”ning taklifi aqlbovar qilmas darajada bo‘lgan, ular menga o‘zim istagan barcha narsaga ega bo‘lishim mumkinligini va’da qilishgan. Lekin yuragim “Barsa”ga etaklagan.
Agar “Real”ni tanlaganimdan uch baravar ko‘proq maosh olardim. Chunki Florentino Peres dom meni qadrlagan.
Lekin o‘sha davrda “Barselona”da Ronaldino o‘ynagan, o‘zim Lionel Messi bilan birga to‘p tepishni istaganman, - dedi Neymar.
Neymar 2013-2017 yillar davomida Kataloniya superklubi safida 186 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 105 ta gol va 76 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar
нимани очиб ташлабди