Neymarning boshiga stakan tegdi
Jahon chempionatining 1/8 finalida Braziliya milliy terma jamoasi Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin mashhur hujumchi Neymar muxlislar tanqidiga uchradi.
Uchrashuvdan so‘ng ayrim muxlislar maydondan chiqib ketayotgan futbolchini hushtakbozlik bilan qarshi oldi. Shuningdek, TNT Sports efirida tribunadan otilgan plastik stakan Neymarning boshiga tekkani ko‘rindi.
Futbolchi muxlislarning bu harakatlaridan norozi bo‘lib, ularga yuzlangan bir paytda, jamoadoshlari uni tezda kiyinish xonasi tomon olib ketdi.
O‘yindan keyingi qisqa intervyuda 34 yoshli Neymar Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
Neymar terma jamoa safida 130 ta o‘yin o‘tkazib, rekord darajadagi 80 ta gol muallifi hisoblanadi. U Braziliya bilan 2013 yil Konfederatsiyalar kubogi va 2016 yil Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar