Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Nigina Abduraimova chorak finalda

Zohir2018
Izohlar: 0

N.Abduraimova hamda Anastasiya Zaxarova uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Andijon shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda chorak finalga chiqdi.
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida Nigina ukrainalik Valeriya Straxova bilan raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda vakilimiz har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi N.Abduraimova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan turnirning chorak finalida rossiyalik Anastasiya Zaxarova bilan raqobatlashadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q