
Nihoyat, Osimxen eng sevimli jamoasi nomini oshkor qildi
“Napoli” rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan keyin nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxenga qator baquvvat klublardan chorlov bo‘la boshladi.
24 yoshli to‘purarning o‘zi unga qaysi jamoa yoqishini oshkor qildi.
- Kichkina bola bo‘lgan paytlarim sevimli jamoam “Barselona” edi. Men bu jamoani Samuel Eto’O tufayli yaxshi ko‘rardi. Hozir ham “Barselona” mening sevimli jamoam hisoblanadi, - dedi Viktor Osimxen.
Ta’kidlash joizki, “Barselona”da Osimxenni transfer qilish imkoniyati deyarli yo‘q. Shu bois, kataloniyaliklar sepurhujumchiga og‘iz solgani yo‘q. Aksincha, “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” Viktorni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar