
Nike ham “Barsa” muammosini hal qilolmadi
“Barselona” hali hamon moliyaviy muammolardan qutila olgani yo‘q. Klub daromadi va xarajatlari bir biriga mutanosib emas.
Bu holat kataloniyaliklarga yangi o‘yinchilarni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan, yozda katta umidlar bilan transfer qilingan Dani Olmo ham chempionatning birinchi qismigagina ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tez orada u yana o‘yinlarda ishtirok etish huquqidan ayriladi.
“Barselona” o‘n oy davom etgan muzokaradan so‘ng Nike kompaniyasi bilan hamkorlikni 2038 yilgacha uzaytirdi. Avvalgi kelishuv 2028 yilda tugashi kerak edi. Bu hamkorlik klubga oldindagi 14 yil davomida 1,7 milliard evro keltirishi kerak.
Lekin shunga qaramay, “Barselona” 31 dekabrdan keyin Dani Olmo va Pau Viktorni qaydnomadan o‘tkaza olmaydi. Chunki kataloniyaliklar AQSh kompaniyasidan keladigan mablag‘lardan faqatgina 11 million evroga yaqinini ishlata oladi.
Fikrlar