Nishonda uch himoyachi
Italiyaning eng nomdor klublaridan hisoblangan “Milan” rahbariyati qishki transfer oynasida jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Calciomercato jurnalistlari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, A Seriya top-klubi boshqa mamlakat chempionatlaridagi uch nafar himoyachini nishonga olgan. Milanliklar ro‘yxatidan quyidagi charm to‘p ustalari joy oldi:
— Jo Gomes (“Liverpul”)
— Murillo (“Nottingem Forest”)
— Kim Min Je (“Bavariya”).
“Milan” hozircha chempionat jadvalida ikkinchi pog‘onada bormoqda va peshqadam “Inter”dan 4 ochkoga ortda qolib ketgan. Agar “Milan” zahiradagi bitta uchrashuvda zafar quchsa, o‘rtadagi farq bittagacha qisqaradi.
Fikrlar