Nokautga uchta ikki bokchimiz Saudiyada ringga ko‘tariladi
Raqiblar ham nokautchi yigitlar bo‘ladi
“Zuffa Boxing 13” turniri uchun janglar ro‘yxati to‘liq shakllandi. Professional boks kechasi doirasida o‘zbekistonlik Jahongir Zokirov kanadalik Brendon Kolantonio, Rahmatullo Boymatov esa ganalik Moro Inusah Kanlaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Boks kechasi 14 noyabr, shanba kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi The Venue arenasida o‘tkaziladi.
Ushbu juftliklar ishtirokidagi janglar seshanba kuni rasmiy tasdiqlandi.
O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Jahongir Zokirov (2-0, 2 nokaut) va Kanada vakili Brendon Kolantonio (8-2, 1 nokaut) o‘ta og‘ir vazn toifasida olti raunddan iborat jangda o‘zaro kuch sinashadi.
Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Rahmatullo Boymatov (1-0, 1 nokaut) esa Ganadan kelgan Moro Inusah Kanlaga (10-1, 9 nokaut) qarshi sakkiz raundlik yarim og‘ir vazn toifasida ringga chiqadi.
Kechaning markaziy jangidan o‘rin olgan bahsda Dominikan Respublikasi vakili, WBC versiyasi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Karlos Adames (25-1-1, 18 nokaut) Uels bokschisi Jerom Uorbertonga (18-2-2, 2 nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang unvon himoyasi uchun emas, balki sovrinsiz o‘n raundlik uchrashuv bo‘ladi.
Izohlar (0)