
“Nyukasl”: Hech kim senga va’da bermagan!
“Nyukasl” matbuot xizmati klubdan norozilik bildirib, o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan hujumchi Aleksandr Isaakka javob qaytardi.
- Aleksandr Isaakning ijtimoiy tarmoqdagi “chiqishlari”dan hafsalamiz pir bo‘ldi. Bunga javoban shuni ma’lum qilamizki, Aleksning klub bilan amaldagi shartnomasi bor va klubda hech kim unga shu yoz “Nyukasl”dan ketishini kafolatlamagan.
Biz eng zo‘r o‘yinchilarimizni saqlab qolmoqchimiz, shuning barobarida futbolchilarning ham shaxsiy istaklari borligini bidamiz. Albatta, ularning fikriga ham quloq tutamiz.
Biz Aleksning o‘ziga ham, uning agentlariga ham har qanday qaror qabul qilishda birinchi navbatda “Nyukasl Yunayted”, jamoa va muxlislar manfaatlari ustun turishini aytdik. Biz transfer shartlari bu yoz ham o‘zgarmay qolishini aniq tushuntirdik.
“Nyukasl” o‘z an’analariga ega bo‘lgan mag‘rur klub va bu erda biz oila muhitini saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Aleks oilamizning bir a’zosi, uning qaytishidan xursand bo‘lamiz, jamoadoshlari qatoriga qaytishni istasa, eshigimiz ochiq, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Isaak klubdagilar uning ishonchini yo‘qotganini va bunday sharoitda hamkorlik qilinmasligini iddao qilgandi.
Fikrlar