O'zbekiston reytingida jiddiy o'zgarish bo'ldi
Endi boshqa raketka ustasi yetakchi
Tennischi Mariya Timofeeva Oʻzbekiston ayollar tennisida yangi birinchi raketkaga aylandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmatiга tayanib.
«Mariya Timofeeva — Oʻzbekistonning birinchi raketkasi!
Yangilangan WTA reytingida Mariya Timofeeva 63-pogʻonaga koʻtarilib, oʻzining shaxsiy rekordini yangiladi. Undan avvalgi eng yaxshi natijasi 68-urin edi.
Pekin shahrida oʻtkazilgan WTA 1000 turnirda Timofeeva saralash bosqichini muvaffaqiyatli oʻtab, asosiy toʻrda uchinchi davragacha yetdi. Ushbu musobaqada qayd etgan natijasi uchun u 135 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi va shu hisobiga oʻz pozitsiyasini sezilarli yaxshiladi.
Bundan oldin Oʻzbekistonning birinchi raketkasi maqomiga Kamilla Rahimova ega edi. Yangi reytingda Kamilla 69-urinni egallagan boʻlsa, Mariya 63-pogʻonada joylashdi. Shu tariqa, Timofeeva Oʻzbekiston ayollar tennisida rasmаn birinchi raketkaga aylandi», — deya qayd etilgan federatsiyaning Instagram sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, Timofeeva va Rahimova 2025 yilning oxirida Rossiya terma jamoasidan voz kechib, Oʻzbekiston sharafini himoya qilishni boshlagan edi. Mariyaning sport fuqaroligini almashtirishi 2025 yil 20 oktyabr kuni rasmаn tasdiqlanib, uning WTA profilida aks etdi. Kamillaning Oʻzbekiston termasiga oʻtgani haqida esa 2025 yil 1 dekabrda maʼlum qilingan.

Izohlar (0)