O'zbekiston - Venesuela o'yinida 7 ta gol bo'ldi
Het-trik ham bor
O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Venesuela yoshlar termasini yirik hisobda mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan ikkinchi bellashuvda O‘zbekiston 5:2 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning eng faol futbolchisi Kamron Yusupov bo‘ldi — u raqib darvozasiga uchta gol urdi. Yusupov 15, 45 va 53-daqiqalarda aniq zarbalar yo‘lladi. 28-daqiqada esa Quvonchbek Abraev penaltiidan gol urdi. O‘zbekiston termasining beshinchi goli 70-daqiqada Behruz Ko‘paysinov tomonidan kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasida 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ilk o‘rtoqlik uchrashuvi 2:2 hisobida nihoyasiga yetgan edi. O‘shanda O‘zbekiston termasi safidagi gollar mualliflari Davron To‘laganov va Shorahim Shorahmedov bo‘lgan.
Izohlar (0)