Odilxon Kamalovning keyingi raqibi ma’lum
Ahmadbek Eshmatov
Hamyurtimiz Turkmaniston vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
8 noyabr kuni Qozog‘istonning Olmota shahrida "Octagon 81" turniri o‘tkaziladi.
E’tiborlisi, ushbu kechada bir qator hamyurtlarimiz ham jang qilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, bu oqshomda o‘zbekistonlik Odilxon Kamolov Turkmaniston vakili Xojageldi Xojakovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Kamolov oxirgi jangida yana bir hamyurtimiz Dilshod Madalievni 1-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Izohlar (0)