Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

OFK sayti o‘zbek klubini e’tirof etdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 1

Qit’a futbolining rasmiy manbasi "Paxtakor" haqida fikr yuritdi.

OFK rasmiy sayti Markaziy Osiyo milliy chempionatlaridagi jamoalarga e’tibor qaratdi. Coca Cola Superligasidan "Paxtakor" e’tirofga loyiq ko‘rildi.

AGMKning mag‘lubiyati "Paxtakor"ga qo‘l keldi

"Paxtakor" 21-tur doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazib ulgurmagan bo‘lsa-da, bu tur ular uchun quvonchli keldi. Chunki AGMK ketmk-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni qo‘lga olganidan so‘ng, omadsiz o‘yinlar boshlandi, qo‘shimchasiga, "Paxtakor" ham o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi va natijada, 2 ta kam o‘yin bilan "sherlar" AGMKdan 8 ochko oldinda.

Shota Arveladze shogirdlari chorshanba kuni so‘nggi 6 bellashuvni boy bergan "Mash’al"ga qarshi maydonga tushadi va bu o‘yin ularning chempionlik sari yana bir qadami bo‘lishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q