Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Olimpik» klubi sobiq bosh murabbiyi CSKAdа ish boshlaydi

Azamat Umarov
Izohlar: 1

Manbalariga ko‘ra, CSKAdа Dmitriy Igdisamovning yordamchisi etib Denis Korostichenko tayinlanishi kutilmoqda. U avvalroq O‘zbekistonning «Olimpik» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, CSKA yoshlar jamoasida Igdisamovning assistenti bo‘lib ishlagan. Bugun ommaviy axb…

Manbalariga ko‘ra, CSKAdа Dmitriy Igdisamovning yordamchisi etib Denis Korostichenko tayinlanishi kutilmoqda. U avvalroq O‘zbekistonning «Olimpik» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, CSKA yoshlar jamoasida Igdisamovning assistenti bo‘lib ishlagan.

Bugun ommaviy axborot vositalari Igdisamovning yana uch nafar ehtimoliy yordamchisi nomini e’lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, CSKA murabbiylar shtabiga Vitaliy Kafanov, Roman Adamov va Murat Iskakov ham qo‘shilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Igdisamov mavsum yakuniga bir necha tur qolganida CSKA bosh murabbiyi lavozimida Fabio Chelestini o‘rnini egallagan edi. U shu paytgacha jamoani vaqtinchalik boshqaruvchi mutaxassis sifatida boshqarib keldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q