Olimpiyachilar koronavirusga chalindi

  • 6 avgust, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ko‘ngilsiz holatlar ham ro‘y bermoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Jeneva shahrida tashkil etilgan brifingda ayni paytda Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar orasida qirq nafardan ortig‘i koronavirus yuqtirib olgani xabar qilindi.

- Keyingi oylarda mavsumdan qat’i nazar, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida COVID-19 yuqayotgan holatlar kuzatilyapti. Xususan, Olimpiya o‘yinlarida ham kamida 40 nafar sportchining koronavirusga topshirgan testlar musbat natija berdi, - dedi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Mariya Fon Kerkov.

O‘ttiz uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan 11 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!