Olise Mbappe va Chuameniga «Real» haqida savol berdi

  • 17.07.2026 15:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise termadagi jamoadoshlari Kilian Mbappe va Orelien Tchuameni orqali Madridning «Real» klubi haqida qiziqqan.

 

Frantsiya nashri L'Equipe xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi shaxsiy suhbatlarda yozgi transfer oynasidayoq «qirollik klubi» safiga o‘tish istagini yashirmagan. Olise Mbappe va Tchuameniga «Real»dagi muhit, jamoa ichidagi vaziyat va klubning kundalik hayoti haqida ko‘plab savollar bergani aytilmoqda.

 

Matbuotda tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Maykl Olise bu yozdayoq jamoasini almashtirishni rejalashtirmoqda. Madrid klubi uning transferi uchun taxminan 200 million yevro sarflashga tayyor ekani haqida xabarlar bor.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Maykl Olise «Bavariya» tarkibida Germaniya chempionatida 32 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!