
O‘rtoqlik o‘yini. "Lokomotiv" va "Navbahor" gollar shousi tashkil qilib berdi
FIFA kunlaridan unumli foydalanayotgan Superliga klublari nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Bugun Toshkent viloyatidagi "Do‘rmon" stadionida "Lokomotiv" hamda "Navbahor" jamoalari o‘zaro sinov-nazorat bahsini o‘tkazdi.
Bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. Dastlabki bo‘limda G‘ulom-Haydar Gulyamov hamda Anvarjon Alijonov o‘z gollari bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirgandi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar ikkinchi tarkiblarni maydonga tushirdi. 71-daqiqada Andrey Sidorov, 85-daqiqada esa Javohir Xusanovning gollari bahsda yakuniy hisob 2:2 bo‘lishini ta’minladi.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
Fikrlar