O‘runov uning yo‘qligini bildirmaydi

  • 2 sentabr, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”da Oston O‘runov bilan bir pozitsiyada o‘ynaydigan Gus Til faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo‘ldi. 

Ushbu klub tarixidagi eng qimmatbaho transfer sohibi bo‘lgan niderlandiyalik yarim himoyachi Frayburg shahriga etib bordi. 

“Frayburg” 22 yoshli futbolchini ikki yilga ijaraga olish bo‘yicha moskvaliklar bilan kelishuvga erishgan. Rossiya premer-ligasining oltinchi turida "Arsenal"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 57-daqiqasida zaxiradan o‘yinga tushgan Gus Til oradan oz fursat o‘tib, oyog‘idan jarohat oldi. Uning o‘rniga o‘yinga Oston O‘runov tushirildi va bu pozitsiyada gollandiyalik jamoadoshidan qolishmasligini ko‘rsata oldi.

e7cf8318082a5c097e187a1d18e6eb565f1069e8816f1341127567

Gus Tilga Gollandiyaning PSV va “Feyenoord”, Shotlandiyaning “Reynjers” klublaridan taklif bor edi. Lekin futbolchining o‘ziga “Frayburg” varianti ma’qul keldi. Bu transfer oldidan Gus Til tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tishi talab etiladi. Futbolchi jarohatini uch hafta davomida davolashi kerakligi aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FANAT-MYU
02/09/2020 20:45
Hurmatli adminlar juda ham sust ishlayapsizlar Champipnat Asia sizlardan ancha oldinda Har 5 minutda Yangiliklar sizlar esa dajdi 1 Soat 2 soat degan chiqarayapsizlar