Osimxen “Napoli”dan ketishga qaror qildi. Manzil aniq

  • 6 oktabr, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen yaqinda klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyat barham topgan bo‘lsa-da, Italiyaga qolmaslikka qaror qildi.

Tecno

DeadlineDayLive nashrining yozishicha, nigeriyalik hujumchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiriga qiziqyapti.

24 yoshli to‘purarga hozirning o‘zida “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bor.

Osimxenning neapolliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Futbolchining transferi 120 million evroga baholanmoqda. Biroq “Napoli” rahbariyati xaridorlardan bundan katta summani talab qilishi kutilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!