Osimxen qaerda o‘ynashni xohlashi ma'lum bo‘ldi
«Galatasaray» tarkibida to‘p surib kelayotgan Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxenning yaqin kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan xabarga ko‘ra, Osimxen Turkiyada o‘zini juda baxtli his qilmoqda va «Galatasaroy» safida o‘ynashni davom ettirishni istaydi. Klub rahbariyati ham hozircha uni sotish masalasini ko‘rib chiqmayapti.
Manbalarga ko‘ra, faqat mutlaqo katta, «kosmik» taklif tushgan taqdirdagina turk klubi forvardning ketishi haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin. Aks holda Osimxen Istanbul jamoasida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq unga Saudiya Arabistoni klublari, Angliyaning yuqori divizioni jamoalari va qator boshqa mamlakatlardan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangi mavsumda 27 yoshli Osimxen Turkiya chempionati doirasida o‘tkazilgan uch uchrashuvda beshta gol urdi va ikki bor hamjamoasining goliga assistentlik qildi.

Fikrlar