
Ostonga Frantsiyadan raqobatchi kelyapti
Moskvaning "Spartak" klubi "Tuluza" xavbeki Ibragim Sangareni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda jurnalist Vyacheslav Korotkin ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosi rus klubiga shu yoz ko‘chib o‘tishi mumkin. Uning transferi esa 9,5 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Sangare “Tuluza” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 84 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Spartak” tez orada o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning transferini ham rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Fikrlar