O‘zbekiston Liga kubogi. "Paxtakor" dastlabki finalchi

  • 22 oktabr, 2019, 16:55
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Qo‘qon-1912" final yo‘lida Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dragan Cheran, Odil Hamrobekov, Igor Sergeev va Dostonbek Hamdamovlar tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida Suhrob Berdiev va Shaxboz Erkinovlar javob qaytara olishdi xolos.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari tarixda ilk marta o‘tkazilyoatgan O‘zbekiston Liga kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi finalchi esa birozdan so‘ng boshlanadigan AGMK - "Dinamo" bahsidan so‘ng aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!