Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

O‘zbekistonga qarshi 10-o‘yin!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 1

Hujumchi uchun o‘ziga hos bahs

2015 yil O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. Ushbu bahsda Karlush Keyrush shogirdlari Mehdi Torabining yagona goli evaziga yutib ketadi. Shu bilan birgalikda, uchrashuvda yana bir voqelik sodir bo‘ladi.

Bellashuvni 23 yoshli Mehdi Taremi ismli hujumchi asosiy tarkibda boshlagandi. Bu futbolchining terma jamaodagi debyut o‘yini hisoblanadi. Shundan keyin u o‘zbeklarga qarshi barcha turnirlarda 9 marotaba to‘qnash keldi. 

Mehdi Taremi Free to Open Talks with Interested Clubs - Sports news -  Tasnim News Agency

Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahsda jamoasining ikkinchi golini urgan Taremi 9 ta uchrashuvdan 3 marta darvozamizni ishg‘ol qilgan bo‘lsa, bitta assist ham amalga oshirgan.

Yaqinlashib kelayotgan uchrashuv futbolchi uchun O‘zbekistonga qarshi 10-o‘yin bo‘ladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q