O‘zgaruvchan Zidan. U endi Iskoni qo‘yib yuborishdan bosh tortyapti

  • 25 noyabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” pleymeykeri Isko atrofidagi voqealar qizg‘in tus olmoqda. Mashhur futbolchi Zinedin Zidan taqdim etayotan o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lgandan keyin klub rahbariyati uni sotib yuborishga qaror qilgandi. Bunda Zidanning roziligi ham olingani aytilmoqda.

Tecno

Futbolchining o‘zi rahbariyatga uni qishda boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni so‘rab murojaat qildi. Iskoga xaridorlar navbati shakllandi. Narxi ham 40 milliondan 60-70 milliongacha ko‘tarildi.

Endi Zidan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi.

- Isko Madridda qoladi va klubimiz uchun o‘ynaydi, tamom. Uning atrofidagilar boshqa ligalarga olib ketmoqchi bo‘lyapti. Lekin bugungi kunda u bizning o‘yinchimiz hisoblanadi. Biz shunday futbolchimiz borligidan xursandmiz. Bu holatni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi, - dedi Zidan.

Iskoning klub bilan shartnomasi 2022 yilgacha davom etadi.

“Liverpul” qimmat hujumchi oladigan bo‘ldi

Mashhur futbolchi muhim qarorga keldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!