
Pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga start berildi
Bugun pauerlifting va paralimpiya pauerlifting bo‘yicha (Yotib shtangani ko‘tarish) O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi.
Aytish kerakki, ushbu musobaqa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘tkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha xududlaridan jami 80 nafarga yaqin mahoratli sportchilar o‘zaro kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogi musobaqasi 30-noyabr kuniga qadar davom etadi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar maxsus kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.
Fikrlar