
"Persepolis" Oston O‘runovga omad tiladi
Xabaringiz bor, 17 martdan FIFA kunlari boshladi. Klublar futbolchilarini o‘z terma jamoasiga qo‘yib yuboradi.
"Persepolis" safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov O‘zbekiston terma jamoasi safida Jahon chempionati saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqiruv oldi. "Qizillar" o‘z futbolchilarga omad tiladi va ularni kuzatib qo‘ydi.
"Persepolis" safidagi terma jamoaga chaqirilganlar:
Aleksis: Algeriya;
Ali Alipur: Eron;
Milad Muhammadi: Eron
Husayn Kannoni: Eron
Oston O‘runov: O‘zbekiston.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 20 martda Qirg‘iz Respublikasini qabul qilsa, 25 martda Eron mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar