Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Andijon" - "Bunyodkor"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Ertaga "Bobur arena"da qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tadi.

“Andijon” jamoaci birinchi davraning so‘nggi turini “Bobur arena”da Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga keladigan bo‘lsak, hozirga qadar milliy chempionatda 28 bor bellashishgan. “Andijon”da 1, “Bunyodkor”da 21 g‘alaba bor. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 14\55 “Bunyodkor” foydasiga.

“Andijon” “Bunyodkor” ustidan ilk g‘alabasini o‘tgan yilgi mavsumda qo‘lga kiritgani muxlislarning yodida bo‘lsa kerak. O‘shanda “Andijon” 5:1 hisobida raqibini tor-mor keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahs 5 iyul kuni “Bobur arena”da soat 20:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q