Prevyu. "Andijon" - "Lokomotiv"

  • 14.09.2024 11:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” jamoasi bu turda “Lokomotiv”ni qabul qilishidan xabaringiz bor. “Burgutlar”ning “Temiryo‘lchilar”ga qarshi o‘yinlar statistikasi shundayki, jamoalar chempionatda hozirga qadar 27 marotaba bellashishdi. “Andijon”da 5, “Lokomotiv”da 18 g‘alaba mavjud. 4 ta o‘yinda kuchlar teng kelib qolgan. To‘plar nisbati 27\53 “Loko” foydasiga.

Joriy mavsumning birinchi davrasida Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “Andijon” 1:2 hisobida g‘alaba qozonib qaytgan. Gollarga "Burgutlar"dan Islom Mamatkazin va Shaxrom Samiev mualliflik qilgan. Raqib jamoadan – Sardor Abdunabiev to‘p kiritgan.

“Andijon” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni so‘nggi bor 2010 yili mag‘lubiyatga uchratgan. O‘sha yilning 1 may sanasida o‘tgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida ustun kelgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!