Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Andijon" - "Paxtakor"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

"Burgutlar" va "Sherlar" to‘qnashuvi oldidan.

Superliganing 20-turida “Andijon” jamoasi “Bobur arena”da Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. 

Joriy mavsumning birinchi davrasida Toshkentdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Andijon" “Paxtakor” ustidan 2:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Andijonda o‘tadigan navbatdagi uchrashuv ikkala jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi 58-to‘qnashuviga aylanadi.

“Andijon”da 7, “Paxtakor”da 41 g‘alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvida durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 42\134 “Paxtakor” foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, "Andijon" - "Paxtakor" o‘yini 22 avgust kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q