Prevyu. "Bunyodkor" - "Andijon"

  • 23.04.2026 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” jamoasi chempionatning 9-tur uchrashuvini 24 aprel sanasida Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi. 

Bo‘lajak bellashuv ikkala jamoaning O‘zbekiston chempionatidagi o‘zaro 31-o‘yinig aylanadi. O‘tgan yili birinchi davrada Andijonda o‘tkazilgan uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, ikkinchi davrning so‘nggi turida “Andijon” mehmond a “Bunyodkor”ni 1:2 hisobida mag‘lub etgan. O‘sha uchrashuvda "Andijon"dan gollarga Shaxzod Azmiddinov bilan Usmonali Ismonaliev mualliflik qilishgan.

Umuman olganda, jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar statistik asiga ko‘ra, “Bunyodkor”da 22, “Andijon”da esa 2 g‘alaba bor. Yana 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 58\16.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” - “Andijon” uchrashuvi 24 aprel kuni soat 20:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!