
Prevyu. "Dinamo" - "Andijon"
Superliganing 12-turida “Andijon” Samarqandda “Dinamo”ga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston chempionati tarixida ushbu klublar 42 marta maydonda kuch sinashishgan. “Dinamo”da 18, “Andijon”da 15 g‘alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati 64\54 samarqandliklar foydasiga.
Bu jamoalarning chempionatdagi oxirgi o‘yini 2019 yilga to‘g‘ri keladi. “Andijon” maydonidagi bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan. Samarqandda esa andijonliklar 0:1 hisobida ustun kelgan.
Shuningdek, ushbu klublar shu yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston Kubogi doirasida Andijonda to‘qnash kelishganini muxlislar yaxshi biladilar. Unda 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lib, “Andijon”dan Sherzod Esanov va Rustam Turdimurodov, samarqandliklardan esa Frantsis Narx bilan Joel Kojo gol muallifi bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” – “Andijon” qarama-qarshiligi 22 iyun kuni soat 20:00 da boshlanadi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar