Prevyu. "Nasaf" - "Andijon"

  • 01.04.2026 21:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

FIFA kunlaridan so‘ng yana milliy chempionatimiz karvoni o‘z yo‘lida davom etadi. Superliganing 5-turida “Andijon” jamoasi Samarqanddagi “Dinamo” stadionida “Nasaf” mehmoni bo‘ladi. Hozirda Qarshidagi “Markaziy” o‘yingoh chimi yangilanayotgani sababli “Nasaf” uy o‘yinlarini Samarqandda o‘tkazib turibdi.

Turning ushbu mavjud markaziy to‘qnashuviga qiziqish juda katta.

Shu kunga qadar jamoalar milliy chempionatda 48 marotaba maydonda kuch sinashishgan. “Andijon”da 7, “Nasaf”da 28 ta g‘alaba bor. 13 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 100\52 qarshiliklar foydasiga.

O‘tgan yili birinchi davrada ham, ikkinchi davrada ham jamoalar bir xil - 1:1 hisobini qayd etishgan.

“Andijon” Superligada “Nasaf” ustidan so‘nggi marotaba 2023 yili Qarshida 0:1 hisobida g‘alaba qo‘zongan.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Andijon” bahsi 3 aprel kuni Samarqanddagi “Dinamo” stadionida soat 20:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!