Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Navbahor" - "Nasaf"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Namanganda muhim o‘yin bor.

"Navbahor" O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 55 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 24 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. 17 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 83-69, “Nasaf” foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 89 ochkoni,  “Navbahor” esa 59 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi  Namangan va Qarshida qayd etilgan. 

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 27 marta kuch sinashgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 5 ta o‘yinda esa qarshiliklar g‘alaba qozonishgan. 

Namanganda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “lochinlar” “Nasaf” darvozasini 43 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “ajdarlar” “Navbahor” darvozasiga  26 ta to‘p kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 14 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohida soat 19:30 da boshlanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q