Prevyu. "Paxtakor" - "Al-Sadd"

  • 16 fevral, 16:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Elit Chempionlar Ligasi guruh bosqichi oxirgi turida jamoamiz "Al Sadd"ga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.

“Al Sadd”ga qarshi o‘yinlar 2011 va 2019 yil guruh bosqichiga to‘g‘ri kelgan. Doxada mezbonlar har ikki o‘yinda 2:1 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, Toshkentda 1:1 va 2:2 hisobida durang qayd etilgan.

“Paxtakor”ning Qatarning 6 klubiga qarshi jami 20 uchrashuvda maydonga tushgan. “Garafa” bilan eng ko‘p duch kelgan – 7 bor. "Sadd" va "Duxayl" bilan to‘rt martadan, “Qatar” SK va “Arabi” bilan ikkitadan, "Rayyan" bilan bir uchrashuv o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 5 g‘alaba, 5 durang va 10 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 marta ishg‘ol qilinib, 31 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

"Paxtakor" va "Al Sadd" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17 fevral, dushanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Quyida ”Paxtakor” bilan to‘qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.

“Al Garafa” - 3:0, 3:4, 2:2, 2:0, 0:1, 1:2, 0:1
“Qatar” SK - 1:0, 0:0
“Al Sadd” - 1:1, 1:2, 2:2, 1:2
“Al Arabi” - 3:1, 1:0
“Duxayl” - 1:3, 2:2, 2:3, 0:3
"Rayyan" - 0:1.

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!