Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Paxtakor" - OKMK

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 1

Toshkent derbisiga guvoh bo‘lamiz.

 "Sherlar" Superligada 17-tur doirasida 5 avgust kuni OKMKni qabul qilishadi.

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 35 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 23 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 7 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "Paxtakor" 60 to‘p kiritib, 27 gol o‘tkazib yuborgan.

7 muvaffaqiyatni "Sherlar" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritishgan. Toshkentda kechgan 17 o‘yinning 10 tasida "Paxtakor" ustun kelgan. 5 to‘qnashuvda durang qayd etilib, ikki bor raqib g‘alaba qozongan. Bu jamoa darvozasiga uyda 29 gol urgan holda 16 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

"Paxtakor" va OKMK jamoalari o‘rtasidagi 17-tur o‘yini 5 avgust, seshanba kuni soat 20:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q